“Agar milliy hukumatlar fuqarolarga infeksiya sonini kamaytirish va odamlarning hayotini saqlab qolish uchun strategiyani aniq tushuntirishda davom etmasa, agar odamlar koronavirusga qarshi kurashishning asosiy qoidalari — qoʻllarni yuvish, niqob taqishga rioya qilmasa, bizda pandemiyaning faqat bitta ssenariysi boʻladi: vaziyat yomonlashadi", — dedi u.
Koʻp davlatlar va mintaqalar yangi COVID-19 ning tobora koʻproq tarqalayotgani haqida xabar berishmoqda va vaqtliroq bekor qilingan karantin choralariga qaytishga majbur boʻlmoqda. Ammo hamma ham navbatdagi oʻzini oʻzi yakkalash tartibiga tayyor emas. Kataloniya sudi mahalliy hokimiyatning Leyde va yana boshqa yetti hududda karantinni kuchaytirish toʻgʻrisidagi qarorini bekor qildi.

Taxminan 140 mingga yaqin kishi ishga yetib olish yoki boshqa favqulodda holatlardan tashqari uyidan chiqib ketmasligi kerak edi.Ammo sudya bu choralarni “nomutanosib tahdid” deb atadi va Kataloniya rasmiylari oʻz vakolatlari doirasidan chiqib ketdi, deb hisobladi.

Bolqonda infeksiyaning yangi toʻlqini tufayli Chexiya hukumati Serbiya va Chernogoriya fuqarolarining mamlakatga kirishiga cheklovlar joriy etdi. Ular kirgan taqdirda ham koronavirusga qarshi topshirgan testlari manfiy natijani koʻrsatgan boʻlishi kerak, yoki ikki haftalik karantinga olinadi. 15-iyuldan boshlab Gretsiya chegaradagi xorijlik sayyohlarni tekshirishni kuchaytiradi. Yaqin kunlarda maxsus tibbiy komissiya ommaviy yozgi pravoslav yarmarkalarini vaqtincha taqiqlash toʻgʻrisidagi hukumat taklifini hal qilishi kerak.

Marokashda, port shahri boʻlgan Tanjerning bir millionga yaqin aholisi yana yakkalanish tartibiga oʻtishdi. Kafelar, bozorlar va savdo markazlari yana yopildi.
Filippinda olti hafta oldin karantin tugatilgandi. Ammo poytaxtning eng qashshoq shaharlaridan biri boʻlgan Navotasning 250 ming aholisi uchun barchasi boshidan boshlandi. Ularga kamida ikki hafta davomida uyda qolish tayinlangan.

Janubiy Afrika hukumati mamlakatda komendantlik soati joriy etdi va spirtli ichimliklar sotishni taqiqladi.

Soʻnggi haftalarda bu yerda kuniga 12 mingga yaqin yangi kasallik holatlari qayd etilmoqda. Kecha Qozogʻiston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev mamlakatdagi epidemiologik vaziyat tufayli karantin rejimi yana ikki haftaga uzaytirilishini aytdi.