O'zbekiston Respublikasi Transport prokurori Ma'rufxon Xodjaev Urganch shahrida buyuk sarkarda Jaloliddin Manguberdi haykalini o'rnatish va unga tutash bo'lgan hududlarni obodonlashtirish va ko'klamzorlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdi.
Loyiha uchun mahalliy byudjetdan jami 134,1 mlrd so'm ajratilgan va hozirda 74,2 mlrd so'mlik ishlar bajarilgan. Qurilish ishlari "O'zbekiston temir yo'llari»ga qarashli "Ko'prikqurilish" korxonasi tomonidan amalga oshirilmoqda.
Loyihaga ko'ra, xiyobonda 500 metrlik avtomobil yo'li tunneli barpo etiladi. Uning ustida Jaloliddin Manguberdining 25 metrlik haykali o'rnatiladi.
Avvalroq, xiyobonning barpo etilishi Mustaqillik bayrami arafasida yakunlanishi haqida aytilgan edi.
Ammo hozirda rejadagi ishlarning yarmi bajarilgan xolos.