Yuzlab aholi vakillari uylarini tark etishga shoshilmoqda. Tabiiy ofatni bartaraf etish uchun sakkiz ming nafar o't o'chiruvchi jalb qilindi. Yong'inni o'chirishda samolyotlardan, jumladan Be-200 samolyotidan foydalanilmoqda.
Jazoirning shimoli va sharqida issiq ob-havo tufayli tabiiy yong'inlar avj oldi. Ayrim hududlarda termometr ko'rsatkichi Selsiy bo'yicha 48 darajagacha ko'tarildi. Vaziyat kuchli shamol tufayli yanada murakkablashmoqda, deb xabar beradi mir24.tv.