Bu holat Jizzax viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi ekologik nazorat inspeksiyasining Zomin tuman boʻlimi xodimlari tomonidan tezkorlik bilan oʻrganildi.
Oʻrganish davomida Zomin tumani “Turkman” MFYda yashovchi K.Gʻ ismli fuqaro oʻz xonadonida boʻrini noqonuniy tarzda tutqunlikda saqlab kelayotganligi aniqlandi. Bu bilan fuqaro Oʻzbekiston Respublikasining “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi qonunining 4, 32, 33-moddalarining talablarini buzgan.
Shundan kelib chiqib, fuqaroga Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 90-moddasi, 1-bandiga asosan BHMning 10 baravari, yaʼni 3 million soʻm miqdorida jarima belgilandi.
Ayni paytda davlat inspektorlari tomonidan boʻrini tabiat qoʻyniga qaytarish choralari koʻrilayapti. Bu haqda qoʻshimcha maʼlumot berilishini maʼlum qilindi.