Jizzaxda iqtidorli yoshlar uchun “Oltin fond” daftari joriy qilindi

    Keyingi avlod 8 Fevral 2021 3158

    Jizzax viloyatida tajriba sifatida iqtidorli yoshlar uchun “Oltin fond” daftari joriy qilindi.

    “Oltin fond” daftariga aʼlo baholarga oʻqiydigan umumtaʼlim muassasalari oʻquvchilari, kasbiy taʼlimni rivojlantirish va muvofiqlashtirish boshqarmasi tasarrufidagi taʼlim muassasalarining hamda viloyatda faoliyat yuritayotgan oliy taʼlim muassasalari talabalari fan, taʼlim, madaniyat, adabiyot, sanʼat, sport yoʻnalishlarida jamiyatimiz turmush tarzini yana-da yaxshilashga xizmat qiladigan maqsadli kreativ gʻoyalarga ega 200 nafar viloyat yoshlari kiritildi.

    Viloyat hokimi Ergash Saliyevning tegishli qaroriga muvofiq, mazkur daftarga kiritilgan yoshlar oʻzining ijodiy faoliyatiga oid turli imtiyozlarga ega boʻladi.

    Qiziqarli va ochiq suhbat tarzida kechgan uchrashuvda viloyat hokimi Ergash Saliyev va mutasaddi rahbarlar “Oltin fond” daftariga kiritilgan yoshlarga aʼzolik guvohnomalari va fond ramzi tushirilgan statuetkalarni topshirishdi.