Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi, Tuzkon bo‘limi hududida o‘tkazilgan reyd davomida Arnasoy tumani, "Baxtli" MFY, "Navro‘z" qo‘rg‘onida yashovchi fuqaro Sh. M. tomonidan sanoatbop o‘lchamdan kichik bo‘lgan jami 175 bosh oqsila (sudak) baliqlari noqonuniy ravishda ovlanganligi aniqlandi.
Qonun buzishi natijasida hayvonot dunyosiga 57 million 750 ming so‘m zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.
Ashyoviy dalil sifatida noqonuniy ravishda ovlangan baliq mahsulotlari hamda 1 dona “Progress” rusumli qayiq va 1 dona "YAMAHA-30" rusumli qayiq motorlari olib qo‘yildi.
Ushbu holatda jinoyat alomatlari borligi sababli to‘plangan hujjatlar Jizzax viloyat prokuraturasiga yuborildi.