Bu haqda Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) mutaxassisi Mariya van Kerkxove maʼlum qildi.

Ekspert Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining Twitterdagi rasmiy sahifasida chop etilgan videomurojatida mutaxassislar hali ham COVID-19dan keyingi immunitet toʻgʻrisida toʻliq tasavvurga ega emasligini taʼkidlangan. Baʼzi tadqiqotlarga koʻra, kasal boʻlganlarda antitanachalar olti oy va ehtimol uzoqroq davom etadi. Biroq, “immunitet umrbod saqlanib qolmaydi”, deydi van Kerkxove.

U kasallik qaytalangan holatlarga izoh berarkan, “Biz buni tez-tez sodir boʻlishi sababini bilmaymiz” dedi. Mutaxassislar kasallik takrorlanishi sabablarini aniqlash ustida ishlashni davom ettirmoqda, ammo van Kerxovening soʻzlariga koʻra, bu sohada “hali koʻp narsalarni tushunish kerak”.

Ilgari koronavirusga qarshi antitanachalar ishlab chiqarishga taʼsir qiluvchi omillar haqida maʼlum qilingandi. Gamaleya markazi direktori Aleksandr Ginsburgning soʻzlariga koʻra, parhezga rioya qilish kerak, chunki oqsilning yetishmasligi antitanachalar ishlab chiqarishga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin.