Bu haqda Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti rahbari oʻrinbosari Sumiya Svaminatan maʼlum qildi.

Uning soʻzlariga koʻra, hozirda 20 dan ortiq vaksinalar klinik sinovdan oʻtmoqda. Ularning baʼzilaridan umid bor, oʻz samarasini koʻrsatmoqda. 2021-yil boshiga qadar kutilgan natijalarni qoʻlga kiritish mumkin.

“Yangi virusga qarshi antitela qon zardobida bir necha haftadan soʻng yoʻq boʻlib ketishi, bu immunitetning yoʻqligini isbotlamaydi. COVID-19ga qarshi hujayrali immunitet mexanizmi hali yetarlicha oʻrganilmagan”, dedi u.

JSST maʼlumotlariga koʻra, vaksinani birinchi navbatda, pandemiyaga qarshi kurashning oldingi safida turganlar, shuningdek, keksa odamlar va gipertoniya, demensiya, diabet kabi kasalliklarga chalingan bemorlar olishi kerak.