X. Klyugening soʻzlariga qaraganda, xuddi Buyuk Britaniya va Daniyada boʻlgani kabi keyinchalik yana boshqa shtammlar ham yuzaga kelishi mumkin.
— Barcha viruslar singari, “COVID-19” ham vaqt oʻtishi bilan oʻzgardi, — dedi Xans Klyuge. — Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining Yevropa mintaqasidagi 22 ta davlatda ushbu yangi shtamm qayd etildi. Garchi yangi shtamm keltirib chiqaradigan kasallik sezilarli darajada oʻzgarmagan boʻlsa-da, u ancha tez tarqalmoqda. SARS CoV-2 (VOC) shu paytgacha barcha yosh toifalarida roʻyxatga olingan, bolalar yuqori xavf guruhiga kirmaydi.