"Xitoy hukumati ikki tomonning kelishuviga binoan, JSST mutaxassislarini COVID-19 manbasini aniqlash uchun xitoylik olimlar bilan hamkorlik qilish va tajriba almashish maqsadida Pekinga kelishiga rozilik bildirdi. Ayni paytda tashkilotning ikki nafar eksperti Pekinda boʻlib turibdi” dedi u.

Uning taʼkidlashicha, Xitoy va Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti virusning kelib chiqishi ilmiy masala ekanligi toʻgʻrisida umumiy fikrda. Olimlar bu borada xalqaro hamkorlik va tadqiqotlarni boshlashlari kerak.

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi vakili JSST ekspertlari kimlar bilan uchrashishi va qaysi joylarga borishi haqida maʼlumot bermadi.