Jahon sog'liqni saqlash tashkilotining yangi tavsiyalarida agar kamida bir metr masofa saqlashning iloji bo'lmasa, albatta niqobda bo'lish kerak. Agar bino ichkarisi yaxshi shamollatilgan bo'lmasa, himoya vositalaridan foydalanish shart. Tashkilot mutaxassislari, shuningdek, yaxshi shamollatilgan xonada ijtimoiy masofa saqlashning iloji bo'lmagan taqdirda ham  tibbiy niqobdan foydalanishni maslahat beradi.
Nafas oladigan matolardan tayyorlangan uch qavatli niqoblarni kiyish maqsadga muvofiq.

JSST shuningdek yuzni himoya qiluvchi plastik qalqonlarni ishlatmaslikni maslahat beradi, chunki ular faqat ko'zni himoya qiladi va yo'talayotganda yoki aksirganda infeksiyadan himoya qilmaydi. Mutaxassislarning ta'kidlashicha, faqatgina sport bilan shug'ullanayotganda niqob taqmaslik xavfsiz sanaladi.