Zarur himoya choralarini eʼtiborsiz qoldiradigan yoshlarning ehtiyotsizligi koronavirus infeksiyasi holatlarining koʻpayishiga olib keldi. Ushbu bayonotni Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) rahbari Tedros Gebreyesus aytdi, — deya xabar beradi Tengrinews.kzGazeta.ru nashriga tayanib.

JSST maʼlumotlariga koʻra, kasallikning tarqalishi yozgi mavsumda himoya choralarining pasayishiga imkon beradigan yoshlarning hatti-harakatlari bilan bogʻliq.

Uning soʻzlariga koʻra, yoshlar ham boshqalar qatori karantin tadbirlarga qatʼiy rioya qilishlari shart.

Shuningdek, Gebreyesusning taʼkidlashicha, yoshlar ham koronavirusga chalinishga moyil, ular ham infeksiyadan vafot etib, boshqalarga ham yuqtirishlari mumkin.