Tadbirda Jurnalistlar ijodiy uyushmasi raisi Olimjon Oʻsarov Toshkent shahar hokimining 2017-yil 10-avgustdagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-3195-son qarori ijrosini taʼminlamayotganidan norozi ekanligini bildirdi. Xususan Olimjon Oʻsarov qarorning
2. Toshkent shahar hokimligi Uyushmani Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Islom Karimov koʻchasi, 16-A uyga joylashtirilishini taʼminlasin.
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Uyushma bilan birgalikda ehtiyojmand va faol jurnalistlarni imtiyozli ipoteka kreditlari asosida uy-joy yoki yer uchastkalari bilan taʼminlash ishlarini belgilangan tartibda yoʻlga qoʻysin.
bandlarining ijrosiz qolayotgani, Jurnalistlar ijodiy uyushmasi haliyam ijarada faoliyat yuritayotganini qattiq tanqid qildi.
“Toshkent shahar hokimi Prezident qarorini bajarishini soʻrardim”, — deydi rais.