AKFA Universiteti rektori Behzod Jalilov Koreya fan va texnologiyalar instituti (KAIST – Korea Advanced Institute of Science and Technology) vakillari bilan o'tkazilgan videokonferensiyada ishtirok etdi.
Videokonferensiya O'zbekistonning Koreya Respublikasidagi elchixonasi va “O'zeltexsanoat” uyushmasi tomonidan tashkil etildi.
Uchrashuv davomida Koreya tomoni “O'zeltexsanoat” uyushmasi faoliyati, O'zbekistonda xorijiy investorlar uchun, shu jumladan elektrotexnika sanoatida yaratilgan qulay sharoitlar bilan tanishdi.
“O'zeltexsanoat” uyushmasi boshqaruv raisi Mirziyod Yunusov KAISTga davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida ilmiy-ta'lim institutini yaratish loyihasini amalga oshirishni taklif qildi. “O'zeltexsanoat” uyushmasi korxonalarida yuqori malakali mutaxassislarga ehtiyoj borligi qayd etildi.
Uchrashuv davomida universitet rektori Behzod Jalilov bugungi kunda tibbiyot va moliya bo'yicha o'qitiladigan AKFA universiteti faoliyati to'g'risida taqdimot qildi.
Behzod Jalilov AKFA universiteti apparat muhandisligi va dasturiy ta'minot muhandisligi sohalarida yangi fakul`tetlarni ochishda AKFA bilan hamkorlik qilishdan mamnun bo'lishini ta'kidladi.
O'z navbatida, KAISTning xorijda rivojlanish markazi direktori Kim Von Jun O'zbekiston tomoni bilan Janubiy Koreyaning etakchi universitetlaridan biri faoliyati to'g'risidagi ma'lumotlarni o'rtoqlashdi.
Shuningdek, u KAIST tajriba almashish va bilimlarni transfer qilish uchun xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlik qilishini ta'kidladi.
Tomonlar O'zbekistonda yangi ta'lim muassasasini ishga tushirish masalasida hamkorlikni yo'lga qo'yish bo'yicha keyingi qadamlarni muhokama qildilar.