Kul buluti janubi-sharqiy yo'nalishda tarqaldi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining Kamchatka o'lkasi bo'yicha bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Mart oyining oxirida mazkur vulqon bir nechta bor o'zidan kul chiqardi, ulardan biri dengiz sathidan olti kilometr balandlikkacha ko'tarildi.
Bezimyanniy vulqoni Klyuchevskaya vulqonlar guruhining markaziy qismida, Ust-Kamchatskiy tumanidagi Klyuchi posolyokasidan 40 kilometr va Petropavlovsk-Kamchatskiydan 350 kilometr uzoqlikda joylashgan. Uning balandligi uch kilometrga yetadi.
Yaqinda Saxalin viloyatidagi Paramushir orolida joylashgan Ebeko vulqoni o'zidan 4,5 kilometr balandlikkacha kul chiqargandi, deyiladi mir24.tv saytida.