Mazkur tadbirda mutasaddilar tomonidan karate bo‘yicha o‘tkaziladigan navbatdagi Osiyo chempionatlarining tashkiliy masalalari muhokama etildi.

Muhokamalar yakunida 2022-yilda bir yo‘la ikkita Osiyo chempionatini o‘tkazish uchun O‘zbekiston mezbon sifatida tanlandi. Unga ko‘ra, kattalar o‘rtasida Osiyo chempionati va 14 yoshdan 21 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida ham qitʼaning eng nufuzli musobaqalari mamlakatimizda bo‘lib o‘tadi.

"Yana bir quvonchli xabar: hamyurtimiz Anvar Muhammedov Osiyo karate federatsiyasi (AKF) ning musobaqalarni tashkil etish qo‘mitasi aʼzoligiga saylandi", deyiladi Turizm va sport vazirligi matbuot xizmati xabarida.