«Yanvar oyidan buyon koronavirusga olingan test natijalarini tahlil qilsak, 0,1 foiz holatda kasallik aniqlanyapti. Ularning aksariyati simptomsiz koʻrinishda boʻlgani uchun uy sharoitida davolanyapti.

Kuni kecha oʻtkazilgan xalq deputatlari shahar kengashi yigʻilishida qabul qilingan qarorda birorta yangi, kuchaytirish boʻyicha band yoʻq.

Bugun faqatgina mavjud talablar ustidan nazoratni kuchaytirish masalasi koʻrilyapti. Talab etilayotgan eng asosiy uch narsa — niqob taqish, qoʻl yuvish, ijtimoiy masofani saqlash», — dedi Alimov.