2022-2026 yillarda jami 2 mln 190 ming quti urug‘ tayyorlanishi ko‘zda tutilgan. Shu yillarda tut genofondini ko‘paytirish maqsadida xorij davlatlari bilan tuzilgan memorandumlar asosida yangi navlarni mahalliylashtirish rejalashtirilgan.

Ipak qurti ozuqa bazasini rivojlantirish maqsadida 2022-2026 yillarda jami 623 mln 260 ming tup tut ko‘chati ekiladi, shundan, 2022 yilda 122 mln 680 ming tup ekiladi.