Bu halokatli prognozga iqlim oʼzgarishi sabab boʼladi, deb yozadi Telegramdagi Green Alternative.

Gap shundaki, iliq va issiq qish tikanli hayvonlarning qish uyqusining buzilishiga olib keladi. Shu sababli, ular tezroq juftlashish davriga oʼtib ketishadi va birinchi tipratikan bolasi yanvar oyining oxirida tugʼiladi. Аmmo mart va aprel oylarida qayta koʼtarilgan sovuqda tipratikan bolalari nobud boʼladi.

Bundan tashqari, tipratikanlarning yoʼq boʼlib ketishiga qishloq xoʼjaligida ishlatiladigan pestitsidlar ham taʼsir qiladi. Ular tufayli hayvonlar turli kasalliklarga koʼproq moyil boʼladi.