Joriy yilning 9-yanvar kuni Oʻzbekiston hududiga Volgaboʻyi hududlaridan Rossiya Yevropa qismining shimoliy hududlarida shakllangan sovuq havo massasi kirib kelishi boshlanadi.
Taʼkidlanishicha, 9-11-yanvar kuni Oʻzbekistonning katta qismida yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) kuzatiladi. Togʻ oldi va togʻli hududlarda qor yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻladi.
9-10-yanvarda baʼzi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
10-15-yanvar kunlari respublika boʻyicha anomal sovuq ob-havo boʻlishi kutilmoqda. Havo harorati kechalari -12-17 sovuqgacha, kunduz kunlari -5-8 daraja sovuqgacha;
shimolda kechalari -17-22 sovuqgacha, Ustyurtda va choʻl hududlarda baʼzi joylarda -25-27 daraja sovuqgacha, kunduz kunlari 7-10 daraja sovuqgacha;
janubda va Fargʻona vodiysida kechalari -5-10 sovuqgacha, kunduz kunlari -2-5 daraja sovuqgacha pasayadi.
Yoʻllarda baʼzi joylarda yaxmalak yuzaga keladi.