Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Zangiota tuman boʻlimi tomonidan DSI xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro F.Q. “Namuna” MFY hududidagi binoda yashirin sex tashkil qilib, “PERSIL”, “ARIEL”, va “MIF” nomli savdo belgilaridan foydalangan holda kontrafakt kir yuvish kukunlarini qadoqlab sotayotganligi aniqlanib, jami 1 269 kg kir yuvish kukuni ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni oʻtkazish maqsadini koʻzlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud oʻtkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar koʻrsatish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.