Shuningdek, quyidagilar belgilandi:
- Iqtisodiyot va moliya vazirligi – koʻchmas mulkni ommaviy baholash sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi organ etib;
- Kadastr agentligi – koʻchmas mulkni ommaviy baholash sohasida maxsus vakolatli organ etib;
- Milliy markaz – koʻchmas mulkni ommaviy baholash sohasida ijro etuvchi organ etib.
- Ommaviy baholash tizimini normativ-huquqiy va uslubiy jihatdan taʼminlash uchun “Koʻchmas mulkni ommaviy baholash uslubiyoti” belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
2026-yil oxirigacha Toshkent shahridagi eksperiment natijalari, ilgʻor xorijiy tajriba hamda xalqaro ekspertlarning xulosalari va tavsiyalari asosida “Koʻchmas mulkni ommaviy baholash toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi ishlab chiqiladi.
2025-yil 1-noyabrgacha koʻchmas mulkni ommaviy baholash uslubiyotiga asosan quyidagilar ishlab chiqiladi va amaliyotga joriy etiladi:
- “Koʻchmas mulk bozori monitoringi” avtomatlashtirilgan axborot tizimi;
- “Koʻchmas mulkni ommaviy baholash” avtomatlashtirilgan axborot tizimi.