Koʻkdala tumanida isteʼmolga yaroqsiz goʻsht mahsulotlari toʻxtatib qolindi

    2 200 kg isteʼmolga yaroqsiz qoramol goʻshtini oʻtkazish maqsadida olib ketayotganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

    Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Koʻkdala tuman boʻlimi tomonidan IIB va veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimi xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda “Qarshi-Samarqand-Toshkent” yoʻnalishi boʻyicha harakatlanayotgan “Mercedes Benz Sprinter” rusumli avtotransport vositasi toʻxtatilib koʻzdan kechirilganda, fuqaro J.V. va boshqalar jami 2 200 kg. isteʼmolga yaroqsiz qoramol goʻshtini oʻtkazish maqsadida olib ketayotganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

    Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni oʻtkazish maqsadini koʻzlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud oʻtkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar koʻrsatish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.