Bugun, 20-noyabr kunidan boshlab Andijon viloyatidagi 4 ta, Namangan viloyatida 3 ta va Fargʻona viloyatidagi 5 ta taʼlim muassasasida test sinovlari boshlandi.

Jumladan, Andijon tuman pedagogika kolleji, Andijon, Paxtaobod va Qoʻrgʻontepa Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlari; Chortoq va Chust pedagogika kollejlari, Chortoq Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi; 2-Fargʻona tibbiyot va Buvayda tibbiyot, Bogʻdod va Buvayda pedagogika kollejlari, 2-Margʻilon Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida saralash imtihonlari boʻlib oʻtmoqda.

Test sinovlarida jami 9300 nafardan ortiq abituriyent ishtirok etishi koʻzda tutilgan.