Ta'kidlanishicha, tuxum, guruch, baliq va yong‘oq nafas olish tizimini mustahkamlashga yordam beradi. Masalan, o‘pkaning holati yomonlashganda, organizmning oqsilga bo‘lgan ehtiyoji ortadi.

Tuxumlar  esa  oqsilga boy. Pomidorlar ham organizmga yaxshi ta'sir etadi, ularda S vitamini mavjud. Shuningdek sut mahsulotlari va suv organizmga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi.

Ispaniyalik pulmonologning so‘zlariga ko‘ra, nafas olish organini to‘g‘ri ovqatlanishdan tashqari, to‘yib uxlash va jismoniy mashqlar yordamida ham himoyalash mumkin.