Tibbiyot fanlari doktori professor Zarifboy Ibodullayevni koʻpchilik “Asab va ruhiyat” kitobi orqali yaxshi taniydi. Bugungi kunda yurtimizda koronavirusga qarshi kurashda vrachlarimizni, hamshiralarimizni, koronavirusga chalingan bemorlarni, undan tuzalib chiqqan fuqarolarimizni havotir, virus asoratlaridan asabiylashashi bilan bogʻliq turli xil savollar qiynamoqda.

Shuning uchun muallif bu kabi savollarga munosib javoblarni “Tibbiyot psixologiyasi” va “Asab va ruhiyat” deb nomlangan kitoblaridan topishlari mumkinligini aytib ushbu kitoblarni zudlik bilan shifoxonalarga tarqatish zarurligini Sogʻlikni saqlash vazirligi va Toshkent shahar hokimligi mutassadilari videomurojaat yoʻlladi.

Videomurojaatda Zarifboy Ibodullayev har ikkala mutasaddiga “Zaminnashr” nashriyotida chang bosib yotgan bu qimmatli kitoblarni katta nusxada xarid qilib, barcha shifokorlar, umuman, tibbiyot xodimlariga zudlik bilan tarqatish lozimligini taʼkidlagan.