Jumladan, bugun ular Uchtepa tumanida joylashgan Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining yotoqxonasida bemorlarni davolash uchun tashkil etilgan joyni oʻrganib, davolash jarayonida qulayliklar yaratilishi borasida mutasaddilarga tegishli koʻrsatma va tavsiyalar berishdi.

Shuningdek, tuman masʼullari bilan birga Chilonzor tumanida joylashgan “CARDIO STAR PLUS” MCHJda 50 nafar bemorlar uchun zaxira koyka-oʻrinlari, u yerdagi shart-sharoitlar, davolanish uchun kerakli dori vositalari hamda uskunalar bilan jihozlanganligini oʻrgandi. 

Bundan tashqari, Toshkent shahar hokimi va mutasaddilar bilan birga Yunusoboddagi «Oʻzekspomarkaz» maydonlarida koronavirusga chalingan bemorlarni joylashtirish uchun yaratilgan zaxira koyka-oʻrinlarni koʻzdan kechirishdi.