Rux va qalay moddasi mavjud boʻlgan tish pastalari ikki daqiqada koronavirusni 99,9 foiz zararsizlantirishga qodir ekani aytilmoqda. Laboratoriya tadqiqotlarini oʻtkazgan amerikalik olimlar shunday xulosalarga kelishdi. Tadqiqot natijalari “British Dental Journal” da chop etilgan.

Bundan tashqari, tadqiqot natijalari setilpiridiniya xlorid bilan ogʻizni chayib tashlash virusni yarim daqiqada yoʻq qilishini koʻrsatgan.

Tadqiqot oktyabr oyida Nyu-Jersi shtatidagi Ratgers nomli tibbiyot maktabi va mintaqaviy bioxavfsizlik laboratoriyalari tomonidan oʻtkazilgan.

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, dunyo boʻylab 72 milliondan ziyod kishi yangi koronavirusni yuqtirib olgan. Shulardan 50,5 milliondan ortigʻi tuzalib ketgan. 1,6 million kishi esa qurbon boʻlgan.