Infografikalarda quyidagilar aks ettirilgan:

  • 2020-yilda sodir etilgan korrupsiyaviy jinoyatlar statistikasi;
  • Korrupsiya bilan bogʻliq jinoyatlar boʻyicha sudlangan shaxslar toifasi;
  • Jinoyatlarning moddalar kesimidagi tahlili;
  • Jinoyatlarning sodir etilishiga sabab boʻlgan omillar.

Sudlar tomonidan 2020-yil davomida korrupsiya bilan bogʻliq (JK 205-214, 243-moddalari) jami 2 270 nafar shaxsga nisbatan 1 502 ta jinoyat ishi koʻrib chiqilgan.

Shundan 2 203 nafar shaxsga nisbatan 1 457 ta jinoyat ishi boʻyicha hukm chiqarilgan.

Jumladan:

  • 80 nafar shaxsga nisbatan 59 ta jinoyat ishi boʻyicha oqlov hukmi;
  • 2 123 nafar shaxsga nisbatan 1 398 ta ish boʻyicha ayblov hukmi chiqarilgan;
  • 67 nafar shaxsga nisbatan 45 ta jinoyat ishi tugatilgan.

 

Jinoyatlarning sodir etilishiga sabab boʻlgan omillar

  • 45 nafar shaxsga nisbatan davlat xaridlari bilan bogʻliq qonun talablariga rioya qilinmaganligi;
  • 45 nafar shaxsga nisbatan huquqbuzarlikka qarshi kurashish borasidagi profilaktika ishlari samarali tarzda olib borilmaganligi;
  • 50 nafar shaxsga nisbatan davlat xizmatchilarini tanlov asosida saralab olish, lavozimga tayinlash va yuqori lavozimlarga koʻtarishning shaffof tartibining mavjud emasligi;
  • 55 nafar shaxsga nisbatan ayblanuvchining sohaga taalluqli boʻlmagan xizmatlarga biriktirilganligi (sohasiga taalluqli boʻlmagan xizmatlarda sodir etilganligi);
  • 88 nafar shaxsga nisbatan shaxsning (jabrlanuvchi) oʻz manfaati yoʻlida qonunni chetlab oʻtishga urinishi yoki boshqa tarzdagi manfaatdorligi sababli jinoyatga yoʻl ochib berganligi;
  • 99 nafar shaxsga nisbatan ish hajmining toʻgʻri taqsimlanmaganligi va malakali xizmat koʻrsatilmasligi;
  • 122 nafar shaxsga nisbatan davlat organlari xodimlari mansab yoki xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida manfaatlar toʻqnashuviga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin boʻlgan shaxsiy manfaatdorlikka yoʻl qoʻyganligi;
  • 179 nafar shaxsga nisbatan ishga qabul qilishda mansabdorning (xodimning) shaxsi lozim darajada oʻrganilmaganligi, ayblanuvchining malaka darajasi yetishmasligi (muqaddam jinoyat sodir etganligi yoki sodir etishga moyilligi);
  • 262 nafar shaxsga nisbatan ayblanuvchining ijtimoiy taʼminlanmaganligi yoki adolatli mehnat sharoiti tashkil etilmaganligi;
  • 598 nafar shaxsga nisbatan tizimda ish faoliyati toʻgʻri yoʻlga qoʻyilmaganligi, sohada byurokratik toʻsiqlarning mavjudligi (faoliyatning oʻzi korrupsiyaga yoʻl ochib berganligi);
  • 642 nafar shaxsga nisbatan fuqarolarning moddiy manfaatdorlik yoki shaxsiy boylik orttirish yoʻlida jinoyatga qoʻl urishi kabi omillar korrupsiya bilan bogʻliq jinoyatlarning sodir etilishiga imkon yaratgan.