"Turkish Airlines" aviakompaniyasining Istanbul-Buxoro yo‘nalishida TK-266 reysini amalga oshirayotgan samolyot chang bo‘roni tufayli belgilangan aeroportga qo‘na olmadi.
Ekipaj Samarqanddagi muqobil aerodromga uchishga qaror qildi. Mahalliy vaqt bilan soat 15:20 da bortida 62 yo‘lovchi bo‘lgan samolyot Samarqand aeroportiga qo‘ndi.
“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining Toshkent-Buxoro yoʻnalishi boʻyicha HY-23 reysini amalga oshirayotgan samolyot Navoiydagi muqobil aerodromga yoʻl oldi.
Toshkent vaqti bilan soat 15:25 da bortida 139 nafar yo‘lovchi bo‘lgan samolyot Navoiy aeroportiga qo‘ndi.