“Latviya temir yoʻli” davlat kompaniyasi vakillari bilan birgalikda tomonlar ikki tomonlama hamkorlikning bir qator masalalarini muhokama qildilar va oʻzaro istiqbolli yoʻnalishlarda olib boriladigan ishlarini belgilab oldilar.

Kelishuvlar orasida ikki mamlakat sanoat korxonalarida modernizatsiya, taʼmirlash va texnik xizmat koʻrsatish, shuningdek temir yoʻllarda harakatlanuvchi tarkibni qurish boʻyicha tomonlarning tor mutaxassislari oʻrtasida ilmiy-texnik tajriba almashish kabi jihatlar ham muhokama etildi. Shuningdek, Yevropa mamlakatlarining tajribasini inobatga olgan holda temir yoʻl transporti sohasini isloh qilish boʻyicha tajriba almashish belgilandi.

Raqamlashtirishni rivojlantirish sohasidagi oʻzaro hamkorlik masalalari, shu jumladan, temir yoʻl orqali kelayotgan yuklar toʻgʻrisida oldindan maʼlumot uzatish (taqdim qilish)ni yoʻlga qoʻyish masalalari muhokama etildi, deb xabar beradi “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ matbuot xizmati.