Hikoyani oʻzbek adabiyotining Turkiyadagi tolmas tagʻribotchisi, Anqara Hoji Bayram Vali universiteti dotsenti Vali Savash Yeloʻq (Veli Savaş Yelok) tarjima qilgan.

U oʻzbek adabiy jamoatchiligiga Erkin Vohidov ijodi boʻyicha tadqiqotlari bilan yaxshi tanish. Vali Savash Shukur Xolmirzayevning “Ot egasi”, Qamchibek Kenjaning “Ov”, Murod Muhammad Doʻstning “Dashtu dalalarda”, Togʻay Murodning “Er-xotin”, Xayriddin Sultonovning “Bunchalar shirinsan, ey achchiq hayot!”, Nazar Eshonqulning “Bahoviddinning iti”, Luqmon Boʻrixonning “Aldoqchi tunlar” kabi hikoyalarini ham turk tiliga tarjima qilgan.

“Qardosh qalamlar” jurnalining 2020-yil 9-sonida Nurilla Chorining “Boʻron tingan kecha” degan yana bir hikoyasi ham chop etilgan edi.