"Los-Аnjeles – 2028" yozgi Paralimpiya oʼyinlari dasturidagi sport turlari tasdiqlandi

    Xalqaro Federatsiyaning keng qamrovli arizalari va koʼrib chiqish jarayonidan soʼng, Xalqaro Paralimpiya qoʼmitasi (IPC) Boshqaruv kengashi Los-Аnjeles – 2028 yozgi Paralimpiya oʼyinlari dasturiga kiritish uchun 22 sport turini tasdiqladi.

    Ular quyidagilar:

    1. Para badminton
    2. Bochcha
    3. Koʼzi ojizlar futboli
    4. Golbol
    5. Para dzyudo
    6. Para kanoe
    7. Para ot sporti
    8. Para stol tennisi
    9. Аravachada tennis
    10. Аravachada qilichbozlik
    11. Аravachada basketbol
    12. Para kamondan otish
    13. Para yengil atletika
    14. Para pauerlifting
    15. Para voleybol
    16. Para suzish
    17. Para akademik eshkak eshish
    18. Para oʼq otish
    19. Para taekvondo
    20. Para triatlon
    21. Аravachada regbi
    22. Para velosport

    Los-Аnjeles – 2028 yozgi Paralimpiya oʼyinlari tashkiliy qoʼmitasi, shuningdek, musobaqa dasturiga qoyaga chiqish va syorfing sport turlarini ham kiritishni oʼrganib chiqmoqda.

    Bu boradagi yakuniy qaror IPC Boshqaruv kengashi tomonidan 2023 yil oxirigacha qabul qilinadi.