Bugun, 22-iyun kuni FVV rahbarligida IIV, MG, SSV va boshqa daxldor tashkilotlar hamkorligida Toshkent shahrinida joylashgan “Magic city” istirohat va madaniyat bogʻida ommaviy tadbirlarni oʻtkazish davrida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan zilzila, yongʻin, suvda choʻkish va boshqa turdagi favqulodda vaziyatlar yoʻnalishlarida toʻgʻri harakat qilish, oqibatlarini qisqa vaqtda bartaraf etish, odamlarni xavfsiz joyga evakuatsiya qilish va birinchi tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkaziladi.
Taʼkidlanishicha, ushbu oʻquv mashqi har yili rejaviy oʻtkaziladigan tadbir.
Oʻz navbatida, Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqarolardan aholi orasida sarosima koʻtarmaslik maqsadida mazkur oʻquv mashqlarini oʻtkazish davridagi amaliy jarayonlarga oid materiallarni notoʻgʻri talqin qilmaslik, balki mavjud maʼlumot va axborotlardan unumli hamda oqilona foydalanishni soʻradi.