“Tashkent City”da oʻquv amaliy taktik mashqi oʻtkaziladi

    Bugun, 24-aprel kuni Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida joylashgan “Tashkent City”dagi baland qavatli qurilgan binolarda yongʻin-qutqaruv amaliy taktik oʻquv mashqi oʻtkaziladi.

    Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar qildi.

    Vazirlik fuqarolardan aholi orasida sarosima koʻtarmaslik maqsadida mazkur oʻquv mashqlarini oʻtkazish davridagi amaliy jarayonlarga oid materiallarni notoʻgʻri talqin qilmaslik, balki mavjud maʼlumot va axborotlardan unumli hamda oqilona foydalanishni soʻradi.