Xususan, Butundunyodaiqtisodiyotinisbatanyirikmamlakatlaryuqoriinflyatsiyagaqarshikurashishmaqsadidamonetarsiyosatningqattiqfazasigaoʻtdi, XitoyiqtisodiyotidagisekinlashishvaRossiya -Ukrainaoʻrtasidaginizolariqtisodiyoʻsishnisekinlashtiruvchiomillarboʻlibxizmatqilayotganligigaqaramasdan, iqtisodiyotimizsogʻlomsuratlardanoʻsibboryapti.
2023-yilda yuqori iqtisodiy oʻsishni taʼminlagan asosiy omillaridan biri investitsiyalar hajmining oʻsishi boʻlgan. Xususan 2023-yilda investitsiyalar hajmi 30 milliard dollarlik investitsiyalar amalga oshirilib oʻsish surʼati 2022-yilga nisbatan 22,1 foizni tashkil etgan.
Toshkent shahri (9,3 foiz), Navoiy (5,8 foiz), Samarqand (5,6 foiz), Sirdaryo (5,9 foiz) viloyatlaridagi yuqori oʻsish umumiy oʻsishni taʼminlashda muhim ahamiyat kasb etgan. Jumladan, Iqtisodiy oʻsish Toshkent shahrida 2022-yilga nisbatan 0,3 foiz bandga, Sirdaryo viloyatida 0,3 foiz bandga, Surxondaryo viloyatida 0,5 foiz bandga, Samarqand viloyatida 0,5 foiz bandga, Jizzax viloyatida 0,8 foiz bandga tezlashgan.
Ammo baʼzi hududlarda iqtisodiy oʻsish sekinlashganligini ham kuzatishimiz mumkin. Jumladan, 2023-yilda iqtisodiy oʻsish Andijon -3,4 foizga, Xorazm -1,9 foizga, Qashqadaryo -1,7 foizga, Namangan viloyati -1,2 foizga, Toshkent viloyati -0,8 foizga, sekinlashgan. Bu holat mazkur hududlarda iqtisodiy oʻsish uchun qoʻshimcha potensial mavjudligi va bu hududlarda iqtisodiy oʻsishni tiklash orqali mamlakatimiz boʻyicha oʻsish koʻrsatkichini 2024-yil uchun moʻljallangan 6 foizdan ham oshirishga toʻliq imkoniyat mavjudligini anglatadi.
Davlatimiz rahbari Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanidagi yigʻilishida Sayxunobodda yoʻlga qoʻyilishi rejalashtirilayotgan yangi tajribani butun respublika boʻylab qoʻllashning ahamiyatini taʼkidlab oʻtdi. Xususan Sayxunobodda ilk bor yangi tajriba qilinib, 19 ta mahallaning har biriga 1 tadan mini traktor, 4 tadan moto-kultivator olib berildi.
Endilikda har bir mahalladagi hokim yordamchisi “1 sotix tomorqadan kamida 1-2 million soʻm daromad” degan mezon asosida aholi uchun biznes reja ishlab chiqadi. Mahalladagi agronomlar bilan birga olib berilgan texnikalar hisobidan tomorqa yerlarini haydash va ekin ekish xizmatlarini koʻrsatadi.
Shuningdek, tumanda eksportga koʻmaklashuvchi korxona ochilib, ustaviga 1 milliard soʻm kiritiladi. Bu korxona 4 ming xonadonga serhosil qovoq, mosh, loviya, rozmarin, brokkoli, timyan urugʻini yetkazadi, yetishtirilgan mahsulotni sotib olib, eksport qiladi. Bundan tashqari, mahallada sotib olishni yoʻlga qoʻygan eksportchi, ilgʻor tadbirkorlarga 300 million soʻmdan 1 milliard soʻmgacha grant beriladi. Xonadonlar kooperatsiya asosida eskportchi bilan bogʻlab beriladi, 2 ming tonnalik saqlash, saralash va qayta ishlash kompleksi tashkil etiladi. Tumandagi 98 kilometr kanallar va drenaj tarmoqlari atrofidagi 100 gektar boʻsh yerlar kooperatsiya asosida 500 ta xonadonga terak ekish uchun boʻlib beriladi.
Sayxunobod tajribasi yerdan yanada samarali foydalanish, dehqonlar uchun bozor topishga koʻmaklashish, tadbirkorlarni sifatli urugʻ va dori vositalari bilan taʼminlash, tadbirkorlarning eksportiga amaliy yordam berish, yer munosabatlarini shakllantirish kabi muhim islohotlarni oʻz ichiga oladi.
Bunday tajribani boshqa hududlarda ham joriy etish orqali aholi tomorqalaridan yanada samarali foydalanishga erishish imkoniyati mavjud. Bu esa nafaqat oʻsha tuman yoki viloyatdagi iqtisodiy oʻsishni balki butun respublikada iqtisodiy oʻsishning yanada yuqori boʻlishga zamin yaratishi shubhasiz. Bundan tashqari, respublika hududlari oʻrtasidagi umumiy muammolarni “Sayxunobod tajribasi” kabi tajribalar orqali yechish imkoniyati mavjud.
Xalqaro valyuta jamgʻarmasining prognozlariga koʻra, 2024-yilda asosiy savdo hamkorlarimizdan, Xitoyda iqtisodiy oʻsishi 2023-yildagi 5,2 foizdan 4,6 foizga sekinlashi, Rossiyada iqtisodiy oʻsish esa 3 foizdan 2,6 foizgacha sekinlashishi kutilyapti. Dunyo iqtisodiy oʻsishi esa 2023-yildagi kabi 3,1 foizni tashkil etishi prognoz qilinyapti. Ammo xomashyo narxlarining oʻsishi (yaqin sharqdagi mojarolar tufayli), yirik davlatlarda nisbatan qattiq monetar sharoitlarning saqlanib qolishi, Xitoy iqtisodiyotida davom etayotgan sekinlashishning yanada kuchayishi kabi omillarda dunyo iqtisodiy oʻsishini pasaytiruvchi omillar boʻlib xizmat qilishi mumkin. Shunday sharoitda hududlarning ichki imkoniyatlarini oʻrganish orqali ularda mavjud qoʻshimcha potensiallarni ishga solish global iqtisodiy sharoitlarning murakkabligiga qaramasdan mamlakatimizda nisbatan yuqori oʻsish surʼatlarini saqlab qolishga zamin yaratishi shubhasiz. Yaʼni hududiy rivojlanish makroiqtisodiy rivojlanishning ajralmas qismiga aylanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi.