Uchrashuvda Maktabgacha taʼlim vaziri oʻrinbosari Uzoqboy Begimqulov imkoniyati cheklangan bolalarning maktabgacha taʼlim tizimini takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumot berdi.

Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlarida koʻp tarmoqli kompleks yondashuv amalga oshirilyapti, bunda alohida taʼlimga muhtoj bolalarga maktabgacha taʼlim bilan birgalikda yuqori sifatli reabilitatsiya yordami koʻrsatiladi. Bu esa bolalikdan nogironlikning oldini olish va kamaytirishga yordam beradi. Shu bilan birga bolalarning ijtimoiy moslashuvi, nogiron bolalarning har tomonlama hayotiy faoliyati va jamiyat hayotiga faol jalb etilishi taʼminlanadi.

Uchrashuvda maktabgacha yoshdagi bolalarni reabilitatsiya qilish boʻyicha mavjud vaziyatning ustuvor masalalari muhokama etilib, Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti mutaxassislari bilan oʻzaro hamkorlik qilish belgilab olindi, deb xabar beradi Maktabgacha taʼlim vazirligi matbuot xizmati.