Manfaatlar toʻqnashuvi: 344 holat aniqlandi, 224 taga jarima qoʻllanildi

    Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi davlat organlari va tashkilotlarida manfaatlar toʻqnashuvi boʻyicha qonun talablariga amal qilinishi holati yuzasidan tekshiruvlar olib borganini maʼlum qildi.

    Ushbu jarayonda Andijon, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Xorazm, Toshkent va Fargʻona viloyatlari, shuningdek, Toshkent shahri qamrab olindi.

    Tekshiruvlar natijasida 344 ta maʼmuriy huquqbuzarlik holati aniqlandi. Ulardan:

    • 224 ta ish boʻyicha jarimalar toʻlangan,
    • 116 ta ish boʻyicha sud qarorlari ijrosi kutilmoqda,
    • 4 ta ish hozirda sudda koʻrib chiqilmoqda.

    Huquqbuzarlik holatlari Administrativ javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 193⁻⁴-moddasiga muvofiq rasmiylashtirilib, E-maʼmuriy ish tizimi orqali sudlarga yuborildi.

    Manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻyilgan holatlar sohalar kesimida:

    • 212 nafar – mahalliy hokimliklar,
    • 31 nafar – qishloq xoʻjaligi,
    • 24 nafar – yoshlar siyosati,
    • 13 nafar – maktab va maktabgacha taʼlim,
    • 10 nafar – moliya tizimi,
    • 9 nafar – bandlik sohasi,
    • 6 nafar – kadastr,
    • 5 nafardan – sanitariya va favqulodda vaziyatlar,
    • 4 nafardan – sogʻliqni saqlash va ekologiya,
    • 3 nafardan – veterinariya, sport, oliy taʼlim va adliya,
    • 2 nafardan – madaniyat, investitsiya, suv xoʻjaligi,
    • 1 nafardan – oila va xotin-qizlar, qurilish hamda ilmiy-tadqiqot muassasalarida.

    Agentlik tomonidan bu kabi holatlarning oldini olish ishlari davom ettirilmoqda.