“Oʻzkimyosanoat” AJ va tarmoq korxonalarida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida qabul qilingan “Manfaatlar toʻqnashuvini boshqarish siyosati” talablariga muvofiq toʻldirilgan deklaratsiyalar tahlil qilinganda, 18 ta masʼul xodimda manfaatlar toʻqnashuvi holati mavjudligi aniqlangan.
Jumladan, “Maksam-Chirchiq” AJda 7 ta, “Navoiazot” AJda 5 ta, “Fargʻonazot” AJda 4 ta,“Dehqonobod Kaliy Zavodi” AJda 1 ta holatda oʻzaro yaqin qarindoshlar bevosita qoʻl ostida yoki rahbarligida ishlashi natijasida vujudga kelgan manfaatlar toʻqnashuvi holati aniqlangan boʻlib, mazkur holatlar yuzasidan jamiyatlar boshqaruv raislarining koʻrsatmasiga asosan manfaatlar toʻqnashuvini oldini olish choralari koʻrilmoqda.
Shu bilan birga, mehnat munosabatlarida qonun buzilish holatlarini oʻrganish maqsadida joriy yilda jami 18 ta xizmat surishtiruvi oʻtkazilgan boʻlib, natijalari boʻyicha tegishli xulosalar tayyorlanib, aybdorlarga nisbatan tegishli choralar koʻrilgan. Jumladan, 6 nafar masʼul xodimga hayfsan, 4 nafar xodimning ish haqidan jarima, 8 nafari egallab turgan lavozimidan ozod etilgan, 7 holat boʻyicha ishlar qonuniy chora koʻrish uchun huquq tartibot organlariga yuborilgan.
“Oʻzkimyosanoat” AJ va tizim korxonalari tomonidan jami 2885 ta shartnomalar tuzilgan. Mazkur tuzilayotgan shartnomalarni tashabbuskor tomonidan kontragentlarni oʻrganish orqali uning ishonchliligi, moliyaviy barqarorligi, davlat amaldorlari bilan aloqadorligi, manfaatlar toʻqnashuvi mavjudligini tekshirish orqali boʻlishi mumkin boʻlgan xavflarni kamaytirish ishlari 819 ta shartnomada amalga oshirilgan.
Hisobot davrida tizim korxonalarida jami 1,6 mlrd. soʻmlik tovar moddiy boyliklari kamomadi aniqlangan boʻlib, holatlar boʻyicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Shu bilan birga, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida olib borilgan tushuntirish ishlari va tadbirlar natijasida quyidagi korrupsion xavf-xatarlar oldi olindi va tegishli taʼsir choralari koʻrilishi taʼminlandi. Jumladan, “Dehqonobod Kaliy zavodi” AJda 0,5 Ga yerni vaqtincha foydalanishga berishda manfaatlar toʻqnashuvi oldini olish bilan birga “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi qonun talablariga zid boʻlgan bitim tuzishning oldi olindi.
Oʻzkimyosanoat”AJ va uning tarmoq korxonalarida aniqlangan korrupsiya holatlari haqida xabar berish uchun “Antikorrupsion nazorat” nomli @uzkimyosanoatanticorbot “Telegram-bot” ishga tushirilgan.