1919-yilda tashkil etilgan Marafie Group Forbes jurnalining “Top 100 arab oilaviy biznesi” roʻyxatiga kiritilgan. Asosan savdo, qurilish, ishlab chiqarish va dizayn sohalarida ish olib boradi. 30 ta kompaniyani oʻz ichiga oladi va 300 dan ortiq brendlarga ega. Xodimlar soni 1 500 kishidan oshadi.
Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni yuksak baholagan Quvayt tomoni qishloq xoʻjaligi sohasida taqdim etilgan yirik loyiha tashabbuslarini amalga oshirishda ishtirok etishga tayyorligini bildirdi.
Shuningdek, Abdulhakim Maʼrafi qurilish, bank, turizm, xizmat koʻrsatish sohalarida katta salohiyat mavjudligini qayd etib, kompaniya yangi investitsiya loyihalarini birgalikda ishlab chiqish va hamkorlikni yanada rivojlantirishdan manfaatdor ekanini tasdiqladi, deb xabar beradi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati.