Tadbirda Yevropa Ittifoqining Oʻzbekistondagi delegatsiyasi rahbari Sh.Adrian ham ishtirok etdi. Unda T. Hakala tomonidan Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida Oʻzbekistonning yangi mintaqaviy kursi tufayli mintaqada mutlaqo yangicha siyosiy muhit yaratilib, oʻzaro ishonch mustahkamlanayotgani, oʻzaro manfaatli hamkorlik aloqalari oʻrnatilayotgani alohida qayd etildi. Bularning barchasi, shubhasiz, Markaziy Osiyo davlatlari bilan ikki tomonlama va koʻp tomonlama hamkorlikni mustahkamlash yoʻlida “strategik imkoniyatlar oynasini” ochishga koʻmaklashadi. Uchrashuv davomida, oliy martabali mehmonga mamlakatimiz rahbari tashabbusi bilan tashkil etilgan Markaziy Osiyo xalqaro instituti va uning faoliyati xususida batafsil maʼlumot berildi. Unga koʻra, Institutning asosiy maqsadi Markaziy Osiyoda yaxshi qoʻshnichilik, barqarorlik va farovonlik muhitini yaratishda oʻzining amaliy taklif va tavsiyalarini ishlab chiqishdan iborat ekani qayd etildi. Shuningdek, turli sohalarda Oʻzbekiston va Yevropa Ittifoqi oʻrtasidagi munosabatlarning istiqbollari hamda mintaqaviy hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Ahamiyatli tomoni shundaki, ayni paytda MOXI va Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridagi nufuzli ilmiy tahlil markazlari oʻrtasida hamkorlik oʻrnatishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Uchrashuv yakunlari boʻyicha, qoʻshma dasturlar va tadbirlar, shu jumladan tadqiqot ishlari, seminarlar, konferensiyalar, shuningdek Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi mamlakatlari vakillari ishtirokida ekspert uchrashuvlarini tashkil etishga doir amaliy qadamlarni ishlab chiqish toʻgʻrisida kelishuvga erishildi.
Markaziy Osiyo xalqaro institutida Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus vakili bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi
Joriy yil 24-avgustda Markaziy Osiyo xalqaro institutida, Institut direktori Anvar Nasirov va Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus vakili Teri Hakala oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Toshkent shahar IIBBning 2 nafar tezkor xodimiga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
- Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida
- 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash to‘g‘risida
- Marhum kichik serjant Eshnazarov Xosilbek Beknazar o‘g‘lini «Jasorat» medali bilan mukofotlash to‘g‘risida
- Mamlakatimiz mudofaa qobiliyatini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi
- Krishtianu Ronaldu mintaqadagi mojaro keskinlashgani sababli Saudiya Arabistonini tark etdi
“Dizayn” jamoasi aʼzosi Dilshodbek Musabekov vafot etdi
- AQShga amaliy tashrif yakunlandi
- Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida
- Oʻzbekiston Prezidenti Tinchlik kengashining Gʻazo sektori boʻyicha faoliyatining ustuvor yoʻnalishlarini belgilab berdi
- Sud hokimiyati mustaqilligini taʼminlash va tizimda korrupsiyaga qarshi kurashishning holati koʻrib chiqildi
- Qoraqalpogʻiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha ustuvor vazifalar belgilandi