Mutaxassislarning eslatishicha, shamol tezligi soatiga 119 kilometrdan oshganda u dovulga aylanishi mumkin. Meksika ko'rfazi hududida ana shu ko'rsatkich qayd etilishi va shamol dovulga aylanib, Florida tomon yo'l olishi taxmin qilinmoqda. Dovul chorshanba kuni quruqlikka ham yetib borishi mumkin.

Florida hukumati allaqachon tabiiy ofatga qarshi tayyorgarlikni boshlab yuborgan. Floridaning 33 okrugida favqulodda holat e'lon qilindi, deb xabar bermoqda mir24.tv.