“Fojia Michoakan shtatidagi mashhur Akvila sayyohlik plyajida yuz berdi. Halok bo'lganlar ayol va erkakdir”, — deyiladi gazeta xabarida.
Chaqmoq to'g'ridan-to'g'ri ayolning boshiga kelib urilgani bois u voqea joyida halok bo'ldi. Erkak undan bir necha santimetr uzoqda edi, shuning uchun u jiddiy jarohat oldi. Voqeadan keyin u zudlik bilan kasalxonaga yotqizilgan, ammo jarohatlar og'ir bo'lgani tufayli shifokorlar uning hayotini saqlab qololmadi, deb xabar beradi mir24.tv.