Migratsiya agentligi Qozogʻiston Respublikasida boʻlib turgan va tranzit yoʻnalishida harakatlanayotgan Oʻzbekiston fuqarolari ogohlantirdi.
Soʻnggi kunlarda Qozogʻiston Respublikasi hududlarida ob-havoning keskin sovushi natijasida yoʻllarda harakatlanish bilan bogʻliq qator noqulayliklar yuzaga kelmoqda.
Shuningdek, yaqin haftalar davomida joylarda tuman, kuchli yomgʻir hamda yoʻllarda muzlash holatlari Respublika darajasidagi avtoyoʻllarda harakatlanishda qiyinchiliklarni vujudga keltirishi mumkin.
«Shu munosabat bilan, ushbu davlatda boʻlib turgan Oʻzbekiston fuqarolaridan yoʻllarda harakatlanishda barcha xavfsizlik qoidalariga qatʼiy rioya qilishni, xavfsiz transport vositalaridan foydalanishni, zarurat boʻlmaganda uzoq masofali yoʻllarda transport vositalarida harakatlanmaslikni soʻraymiz«, deyiladi agentlik xabarida.