Ma’lum bo‘lishicha, vodiylik tadbirkorlar hududdagi 30 ga maydonda yopiq holatdagi intensiv bog‘ barpo etib, Polshadan keltirilgan “Pushti xonim” (Pink lady) navli 20 ming dona olma ko‘chatlarini ekishadi. Bog‘ tomchilatib sug‘orish texnologiyalari bilan ta’minlanadi.
Ayni vaqtga qadar 7 ming dona ko‘chatlar ekilgan.
Tadbirkor hududda mevani saqlash uchun muzlatgich tashkil etib, hosilning 50 foizini qayta ishlaydi, qolgan yarmini eksportga yo‘naltiradi.
Mazkur bog‘ning afzallik tomoni shundaki, nihollar tanasiga yorug‘lik tushishi, havo aylanishi yaxshi bo‘lganligi uchun mevasining sifati yuqori bo‘ladi.