Telegram messenjeri orqali turli kanal va guruhlarda zararli havola orqali Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti koʻrinishidan foydalanib tarqatilayotgan “2022-yil 1-sentyabrdan boshlab moddiy yordam olishining yangi tartibi ekan, man 1 million soʻm oldim” mazmunidagi xabarlar kelsa, ASLO ularga ISHONMANG.
Ushbu xabarlar YOLGʻON.
Ehtiyot boʻling firibgarlarning tuzogʻiga tushib qolmang.
Eʼtiborli boʻling, firibgarlar Siz orqali telegram messenjerida havolani boshqalarga tarqatishga urinmoqdalar.
Feyk xabarlarga aldanmang, deya ogohlantirmoqda Kiberxavfsizlik markazi.