Nizom vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari (respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari) faoliyatidagi moliyaviy va boshqa xavflarni aniqlash, baholash va boshqarish tartibini belgilaydi.
Nizomga koʻra, Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organida xavflar Xavflarni boshqarish qoʻmitasi tomonidan boshqariladi.
Xavflar quyidagi tartibda baholanadi:
- — xavf taʼsirini aniqlash;
- — xavf ehtimolini aniqlash;
- — xavf taʼsiri va ehtimoli natijalarini oʻzaro bir-biriga koʻpaytirish orqali xavf darajasini hisoblash.
Xavf taʼsirini aniqlashda quyidagi omillarga belgilangan mezonlar asosida 1 — 3 ball beriladi:
- — xavfni boshqarish boʻyicha tashkilot nazorati;
- — tashkilotning ushbu xavf yuzaga kelishi mumkin boʻlgan funksiyasining avtomatlashgani;
- — xavfning yuzaga kelishida normativ-huquqiy hujjatlardagi boʻshliqlarning mavjudligi.
Bunda 3 ball tegishli xavf taʼsirining eng yuqori darajasini va 1 ball eng past darajasini bildiradi.








