Strategik sheriklik munosabatlarini oʻrnatish toʻgʻrisidagi deklaratsiya imzolandi
Abu-Dabi shahrida Oʻzbekiston Respublikasi va Birlashgan Arab Amirliklari Prezidentlari oʻrtasida boʻlib oʻtgan muzokaralar yakunida qator hujjatlar imzolandi.
Davlatimiz rahbari Muhammad bin Zoid nomidagi universitet bilan hamkorlikda yuqori malakali kadrlar tayyorlash va sunʼiy intellekt sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borish boʻyicha qoʻshma dasturni ishga tushirishni taklif etdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Abu-Dabi shahriga tashrifning ishbilarmonlik dasturi doirasida “AMEA Power” kompaniyasi rahbari Husayn al-Novays, “M42” kompaniyasi rahbari Hasan Jasim al-Novays va “IFFCO Group” kompaniyasi rahbari Sheroz Allanni qabul qildi.