Muborak gazni qayta ishlash zavodiga quyosh panellari va suv isitish qurilmalari oʻrnatildi

    Energetika 1 Iyul 2023 2823

    Muborak gazni qayta ishlash zavodiga quvvati 600 kVt boʻlgan quyosh panellari va 1400 L quyosh suv isitish qurilmalari oʻrnatildi.

    “Oʻzbekneftgaz” AJga qarashli obyektlarda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini (kichik quvvatli quyosh fotoelektr stansiyalari, quyosh suv isitish qurilmalari va quyosh panelli yoritgichlar) keng joriy etish boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilyapti.

    Rejaga muvofiq, joriy yil iyun oyida Muborak gazni qayta ishlash zavodi obyektlarida yoqilgʻi -energiya resurslarini tejash uchun umumiy quvvati 600 kVt quyosh foto elektr stansiyalari, umumiy hajmi 1400 L quyosh suv isitish qurilmalari oʻrnatilib, ishga tushirildi.

    Mazkur qayta tiklanuvchi energiya manbalari tomonidan yiliga 1,14 million kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi.

    Ayni paytda zavod tasarrufidagi obyektlarning maʼmuriy hamda ijtimoiy soha binolarining ehtiyoji uchun sarflanayotgan elektr energiyasining 30-40 foizi quyosh fotoelektr stansiyalari hisobidan qoplanyapti, deb xabar beradi “Oʻzbekneftgaz” AJ matbuot xizmati.