Mudofaa vazirligi Toshkent viloyati va poytaxt aholisini ogohlantirdi

    Bugun, 6-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining asosiy tadbirlar rejasiga muvofiq, Toshkent harbiy okrugi qoʻshinlari boʻlinmalari ishtirokida maxsus-taktik oʻquvlar boshlandi.

    Boʻlinmalarning jangovar shayligini yanada oshirish, oʻzaro uygʻunlik harakatlarini muvofiqlashtirish hamda professional darajada harakatlanish koʻnikmalari va tayyorgarligini har tomonlama baholash maqsadida tashkil etilgan taktik oʻquvlarda harbiy okrug qoʻshinlari boʻlinmalarining zirhli texnikalari, harbiy yengil zirhli va yuk avtomobillarining Toshkent viloyati va Toshkent shahrining belgilangan marshrutlari boʻyicha harakatlanishi rejalashtirilgan.

    Harbiy texnikalar harakati vaqtida haydovchilarga yoʻl-harakati qoidalari va harakat xavfsizligiga qatʻiy rioya qilish tavsiya qilinadi.